Twitter xavfsizlikni sotadimi?

Twitter oddiy foydalanuvchilar uchun xizmat ko‘rsatish shartlariga o‘zgartirish kiritilishini e’lon qildi. 20-martdan boshlab platforma SMS orqali ikki faktorli autentifikatsiya (2FA), shu jumladan Twitter Blue obunasi bilan ushbu xavfsizlik funksiyasi uchun haq oladi.
Mart oyining oxiridan boshlab, oyiga $8 evaziga Twitter Blue obunasi boʻlgan foydalanuvchilar quyidagilarga ega boʻladilar: SMS orqali 2FA, shuningdek, joriy funksiyalar – yarim barobar kam reklama, eslatmalar va qidiruvlarda ustuvorlik, tvitlar chop etishda 4 ming belgi uzunligi.






