Yalpi ichki mahsulot hajmi 5,8 % ga oshdi

Davlat statistika qoʼmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʼra, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida Oʼzbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 627,5 trln. soʼmni tashkil etdi. Bu koʼrsatkich 2021-yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,8 % ga oshgan.
2022-yilning 9 oyida oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YaIM hajmi joriy narxlarda 17,7 mln. soʼm (1 603 АQSh dollari)ni tashkil etib, 2021-yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,6 % ga oʼsdi.






