Yangicha ta’lim va kelajak 50+

Ta'lim tizimiga bog'liq davra suhbati davomida qatnashchilar sohadagi joriy islohotlar va yangi texnologiyalarni yaratish kelajakda qanday namoyon bo‘lishi, kelgusi 10-30 yil ichida nimalarga tayyor turish kerakligini muhokama qildilar.
Davra suhbati spikerlari: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi bosh direktori o‘rinbosari Aleksey Sim, Toshketdagi Inha universiteti rektori Muzaffar Jalolov, Wilmotte & Associés boshqaruvchi direktori Borina Andriyo Oliver Wymanning Skandinaviya, Rossiya, Markaziy va Sharqiy Yevropadagi bozorlari rahbari Shon Kori.
Paynet, LeBazar, Astrum Akademiyasi asoschisi va Khan Academy Uzbek rahbari Botir Arifjanov tadbir moderatori bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov sifatli ta’limning muhimligini ta’kidlab, “o‘qituvchilar ta’lim sohasida asosiy vosita” ekanligini alohida qayd etdi. Sifatli ta’lim asosida o‘qituvchilarning bilimi yotadi.
O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlari soni jadal o‘sib bormoqda, ular orasida xalqaro va xususiy universitetlarning salmog‘i katta. Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Jalolov O‘zbekiston 2030 yilga kelib Markaziy Osiyoning ta’lim markaziga aylanishini ta’kidladi.
Shuningdek, u ta’lim tizimini raqamlashtirish bugungi kunda qanchalik muhim ahamiyatga ega ekani haqida ham qo‘shimcha qildi. Pandemiya shuni ko‘rsatdiki, hamma mamlakatlar ham onlayn formatga majburiy o‘tishga tayyor emas. Biroq, hozirda masofaviy ta’lim mashhurlikka erishmoqda. Yoshlarda yangi narsalarni o‘rganishga ishtiyoq bor va bunda ularga IT-texnologiyalar yordam beradi.






