Yeri tanqis Koreya zavod tomlarini ham boʻsh qoldirmoqchi emas

Koreya quyoshdan energiya olishni zavod tomlaridan foydalangan holda to‘rt barobar oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Janubiy Koreyada yer tanqisligi bois toza energiya olish sekinlashmoqda. Buning oldini olish uchun mamlakat sanoat tomlari va avtoturargohlarga o'rnatilgan quyosh panellarini katta hajmda kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Mamlakat Energetika vazirligi bayonotida aytilishicha, Daegu shahri va Shimoliy Gyeongsang provinsiyasidagi sanoat majmualaridan foydalanib jami 4 gigavatt quyosh energiyasi olmoqchi. Bu hozirda mamlakat bo'ylab zavod hududlaridan olinadigan jami 1,1 GVt quyosh energiyasidan deyarli to'rt baravar ko'p.






