YouTube cheklovlarini bartaraf etish - Google bilan hamkorlik

Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdilar va Google (YouTube) kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va bu orqali axborot sohasiga oid ayrim muammolarni birgalikda hal etish masalalarini muhokama qildilar.
"Ko‘plab blogerlarimizdan YouTube monetizatsiyasining cheklanishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan edi. Shu bois uchrashuvda elchi janoblari bilan ushbu kompaniya vakillari bilan uchrashuv tashkil etish va vaziyatni o‘rganish bo‘yicha kelishib oldik." - deya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov o'z sahifasida xabar beradi.






