Yurtimiz uchun yana bitta medal

O‘zbekistonlik erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Kurashchimiz shohsupaga ko‘tarilish uchun kechgan bellashuvda qozog‘istonlik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.

Bu bosqichda sportchimizga 2019 yilgi JCH sovrindori Daniyar Kaysanov raqiblik qildi. Bellashuv davomida tezkor harakatlari va abjirligi bilan ajralib turgan Abdurahmonov yakunda o‘z g‘alabasini tantana qilib, delegatsiyamiz hisobiga yana bir medalni qo‘shib qo‘ymoqda.

Shu tariqa delegatsiyamiz hisobidagi medallar 2 tadan oltin va bronzani tashkil etib turibdi.