Davlatimiz rahbari Fargʼona viloyatiga tashrif buyuradi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-13-may kunlari Fargʼona viloyatiga boradi.

Safar davomida qishloq xoʼjaligi, toʼqimachilik va boshqa tarmoqlardagi korxonalar faoliyati bilan tanishish, mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini koʼzdan kechirish, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha yigʼilish oʼtkazilishi koʼzda tutilgan.