Prezident taʼlim muassasalari agentligi delegatsiyasi BAAda

Prezident taʼlim muassasalari agentligi delegatsiyasi Birlashgan Аrab Аmirliklarining Dubay shahrida boʼlib oʼtayotgan “TESOL Arabia” 26-xalqaro konferensiya va koʼrgazmasida ishtirok etmoqda.

Mazkur konferensiya “Til oʼrgatishda translingvizm va koʼp tillilik” mavzusiga bagʼishlangan boʼlib, joriy yilning 11-13 - mart kunlari boʼlib oʼtmoqda.

Bugungi konferensiya va koʼrgazmaning ochilish marosimida dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan mutaxassislar, taʼlim sohasidagi nufuzli tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Konferensiyada Prezident taʼlim muassasalari agentligi delegatsiyasi nomidan Аgentlikning Seleksiya va pedagoglar malakasini oshirish boʼlimi boshligʼi Nargiza Kuchkarova "Oʼqituvchilarning kasbiy rivojlanishidagi yangi paradigma" mavzusida nutq soʼzladi.

Unda Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi oʼqituvchilar malakasini oshirish va kasbiy rivojlantirish imkoniyatlari haqida yigʼilganlarga taqdimot qilindi.

Shuningdek, Nargiza Kuchkarova oʼz nutqida:

agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari va tashkilotlar;

pedagoglar malakasini oshirish borasida Аgentlik tizimida amalga oshirilgan ishlar, bundagi oʼziga xos yondashuv;

agentlik qoshida tashkil etilayotgan noyob malaka oshirish tizimi - PDQ (Professional Development Qualification) dasturi;

agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tomonidan tashkil etilgan "Zamonaviy trener" haftaligi haqida maʼlumot berdi.