NASA 50 yildan so'ng yana oyga parvoz qilmoqchi

NASA yaqin 10 yillikning asosiy missiyasi – Artemis dasturi ishga tushirilganini e’lon qildi. U uchta bosqichdan iborat: uchuvchisiz parvoz, ekipajning Oy atrofidagi parvozi va astronavtlarning Oyga qo‘nishi. Ta’kidlanishicha, uchuvchisiz parvoz 27-sentabr kuni start olishi rejalashtirilgan.

“Odamlarning Oyga qo‘nishi kelajakda Marsga sayohat uyushtirish uchun ham muhimdir. Bunday parvozlarda odamlarning murakkab sharoitlarda yashashi va sog‘lig‘i bilan bog‘liq xatarlar o‘rganiladi. Marsga parvozlarni amalga oshirishni osonlashtirish maqsadida Oy resurslaridan texnologik sakrash uchun foydalanish rejalashtirilgan. Insoniyat barcha yangi texnologiyalarni Oyda sinab ko‘rmoqchi", - deyiladi xabarlarda.