Ozarbayjon bilan o‘simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik qilinadi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, O‘zbekiston hamda Ozarbayjon Respublikasi Hukumatlari o‘rtasida o‘simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. Bitim 2022-yil 21-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan.

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.