Toshkentdan Andijonga yana bir poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

“Toshkent-Andijon-Toshkent” yoʻnalishidagi 60/59-sonli yoʻlovchi poyezdi joriy yilning 9, 16, 23, 30-dekabr kunlari “Toshkent” va “Andijon” markaziy temir yoʻl vokzallaridan joriy jadval boʻyicha qatnay boshlaydi. «O’zbekiston temir yo’llari» AJ tomonidan xabar qilingan.






