Uzairways Kiyevga amalga oshirilishi rejalashtirilgan parvozlarni bekor qildi

Aviakompaniya Ukraina havo hududining yopilishi munosabati bilan 27-fevral va 2-mart kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan HY-3731/3732 Toshkent – Kiyev – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar amalga oshirilmasligini ma’lum qildi.
Bekor qilingan reyslar yo‘lovchilari parvozlar qayta tiklanganidan keyin istalgan sanada to‘lovni to‘liq qaytarib olishlari yoki ularni bepul qayta bron qilishlari mumkin bo‘ladi.






