Dubaydagi yirik banklardan biri rossiyaliklarning investitsiya hisoblarini bloklamoqda

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahridagi ikkinchi yirik bank — Emirates NBD Bank (ENBD) rossiyaliklarning investitsiya hisoblarini bloklashni boshladi. Bu haqda “Forbes” xabar berdi.

Qayd etilishicha, agar rossiyaliklar Yevropa Ittifoqi, Yevropa iqtisodiy hududi yoki Shveytsariya rezidentlari bo‘lmasa, ularning aktivlari alohida ajratilgan hisob raqamiga o‘tkaziladi, bunda naqd pul o‘tkazmalari bo‘yicha cheklovlar joriy etiladi. Cheklov Yevropa Ittifoqi buyrug’i bilan kiritilgan.

“Endilikda rossiyalik mijozlarning har qanday kupon, dividend va aksiyalarni sotishdan tushgan mablagʻlari alohida hisob raqamga tushadi va ENBD hisobvaragʻiga mablag'larni yechib ololmaydi”, deyiladi xabarda.

Ushbu chora hatto BAAda rezidentligiga ega bo'lganlarga ham ta'sir qiladi.