O‘zbekiston sement importiga bojning nol stavkasini 2025-yilgacha uzaytirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 13-aprel kuni imzolagan farmoni bilan 2025-yilgacha sement importiga bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi.
Shuningdek, yana olti guruh qurilish materiallari importi stavkasi nolga tushadi.
2023-yil 1-maydan 2025-yil 1-yanvarga qadar import qilishda quyidagi qurilish materiallari va xomashyolarga bojxona bojining nol stavkasi amal qiladi:
• Portlandsement, glinozem sement, shlakli sement, supersulfatli sement yoki o‘xshash gidravlik sementlar, bo‘yalmagan yoki bo‘yalgan sement, tayyor yoki klinker shaklidagi sement;
• yog‘och materiallar;
yelimlangan fanera, faneralangan panellar va analogik qatlamli yog‘och;
• beton quyish uchun qoliplar;
• energiya tejamkor bazalt qoplamalari;
• issiqlik bilan polirovkalangan shisha va yuzasi shlifovkalangan yoki polirovkalangan shisha.