«O‘zbekiston-Sloveniya» biznes-forumiga start berildi

Bugun, 8-fevral kuni Toshkendagi "Wyndham" mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev va Sloveniya Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon ishtirokida “O‘zbekiston-Sloveniya” biznes-forumiga start berildi.

Biznes forum doirasida, ikki mamlakatning siyosiy-iqtisodiy hamkorlik aloqalariga e'tibor qaratilmoqda. Shuningdek, forum doirasida O‘zbekiston va Sloveniya tadbirkorlari o'rtasida B2B uchrashuvlar tashkil etilishi kutilmoqda.