Tatariston Prezidenti Oʻzbekistonga keldi

Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Toshkent xalqaro aeroportida uni O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev va Rossiya elchisi Oleg Malginov kutib oldi.

Tatariston delegatsiyasining tashrifdan asosiy maqsadi – “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etish.

Shuningdek, Rustam Minnixanov Qozon Federal universiteti Jizzax filialidagi yangi Tibbiyot ta’lim markaziga tashrif buyuradi, “Jizzax” texnoparki ochilishida qatnashadi.