Ustav kapitali 500 million dollar bo'lgan Turkiy investitsiya fondi

Istanbulga tashrif doirasida Bright Uzbekistan jamoasi Turkiy investitsiya fondi prezidenti Bag'dod Amreyev bilan uchrashuv o'tkazdi.

Turkiy investitsiya fondi-bu 500 million dollarlik ustav fondiga ega bo'lgan yangi tuzilma. Ushbu fond Turkiy mamlakatlarda savdo-iqtisodiy va transport aloqalarini, shuningdek turizm va AKT sohasidagi infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan aniq loyihalarni moliyalashtirish vositasidir.

Uchrashuv doirasida Turkiy investitsiya fondi bilan axborot hamkorligini yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Bag'dod Amreyevga Bright Uzbekistan jurnalining ikkinchi soni ham taqdim etildi.