Google Mandiantni 5,4 milliard dollarga sotib olmoqchi

Seshanba kuni (8 – mart) Google Mandiant kiberxavfsizlik firmasini taxminan 5,4 milliard dollarga sotib olmoqchi ekanligini e'lon qildi. Bu kompaniya tarixidagi eng yirik xaridlardan biri bo’lishi kutilmoqda.

Google va Mandiant seshanba kungi qo'shma bayonotda: "Mandiantni sotib olish Google Cloudning xavfsizlik sohasidagi mavjud kuchli tomonlarini to'ldiradi. Ushbu xarid Google Cloudning xavfsizlik funksiyalari bilan birgalikda, korxonalarga global miqyosda xavfsizlikni yuqori darajada ta’minlanishiga yordam beradi.

Mandiant 2004-yilda ishga tushirilgan bo’lib, 2013-yilda FireEye tomonidan sotib olingan. FireEye o‘tgan yili biznesini 1,2 milliard dollarga sotib yuborganidan so‘ng, u mustaqil kompaniya sifatida ajralib chiqdi.