Google yangi Streer View kamerasini taqdim etdi

Seshanba kuni (24-may) Google yangi Street View kamerasini ommaga taqdim etdi. Googlening ta’kidlashicha, yangi kamera ayniqsa kichik orollar va tog‘ cho‘qqilari kabi olis nuqtalarda suratga olishni ancha yengillashtiradi.
Kameraning og'irligi 15 funtni tashkil etadi; modulli, shu sababli lozim bo'lganda lidar kabi turli xil sensorlar bilan moslashtirilishi mumkin; avtomobil tomining yuqori qismiga tez va osongina o’rnatilishi mumkin (bu uni boshqa turdagi avtomobillarga ulash imkonini beradi).
Hozirgi Street View kamerasi kabi, yangi kamera har biri 20 megapikselli sensorga ega yettita alohida kamerani o'z ichiga oladi va shuning uchun u 140 megapikselli panoramali tasvirlarni osonlikcha yaratish imkoniga ega.
Kamera jozibador ko’rinishga ega. Mushuk yoki kichkina itning kattaligida bo’lib, yuqori qismi ko'k rangda; har bir katta kamera linzalari (katta hasharot ko'zlariga o’xshash) oq doira bilan o'ralgan.
So'nggi 15 yil ichida Google Street View kameralarini avtomobillardan tashqari ko'plab narsalar bilan uladi - qor avtomobillari, velosipedlar, ryukzaklar va hokazo. Yangi kameraning portativligi uni suratga olishning boshqa turlari uchun ham foydali qiladi va uzoqroq joylarda suratlarni tez-tez yig'ish imkonini beradi.
Street View jamoasi yangi kamerani Mauntin-Vyudagi shtab-kvartirasi yaqinida sinovdan o‘tkazmoqda va kelgusi yilda undan keng foydalanishni rejalashtirmoqda.






