Kelajak uni tasavvur qila oladigan, loyihalashtirgan va hayotga tadbiq eta oladiganlarnikidir

Joriy yilning 22-fevral kuni Dubayda uzoq kutilgan “Kelajak muzeyi”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Dubay vitse-prezidenti va hukmdori Shayx Muhammad bin Rashid 3-fevral kuni mamlakatning eng kutilgan loyihalaridan biri bo‘lgan “Kelajak muzeyi” 22-fevralda ochilishi haqida ma’lum qilgan edi.

Bu haqda u o’z Twitter sahifasida yozar ekan, ajoyib inshootni “Yer yuzidagi eng chiroyli bino” deb atagan.

Muzeyning ochilishi 2021-yilda Expo 2020 ko'rgazmasi uchun rejalashtirilgan edi, ammo ma’lum sabablarga ko’ra, keyinga qoldirilgan.

Mazkur muzey uzoq vaqtdan buyon me'moriy mo'jiza maqomini olib kelgan va butun dunyo e'tirofiga sazovor bo'lgan. Bino National Geographic jurnali tomonidan tuzilgan roʻyxatda dunyodagi eng goʻzal 14 ta muzeydan biri deb topilgan.

2 milliard dollarlik ekzotik devor bilan o'ralgan sharqiy shahar, 30 ming kvadrat metr maydonni egallab, yetti qavatli inshoot balandligi 77 metrni tashkil qiladi. Laboratoriya va o‘quv xonalariga ega bo‘lgan tadqiqot markazini o'z ichiga olgan muzey, tashrif buyuruvchilarga yangi texnologiyalar bilan tanishishlariga imkon beradi.

Tahkilotchilarning fikriga ko'ra, binoning futuristik shakli yashirin ma'noga ega bo'lib, Dubayning abadiy energiyasi va kelajakka qarashni anglatadi. Binoning shakli ham insoniyatni ifodalaydi va bino turgan yashil tepalik Yerning ramzi hisoblanadi.

“Kelajak muzeyi”ning derazalari amirlik rassomi Mattar Ibn Lahaj tomonidan yaratilgan arab xattotligi ko‘rinishida. Ular binoning "arab tilida gaplashishini" ko'rsatadi. Tunda esa u 14 kilometr uzunlikdagi (LED) chiroqlar bilan yoritiladi.

Yozuvning oʻzi shayx Muhammad bin Rashidning shahar kelajagi haqidagi tasavvurlari haqidagi sheʼridir. Unda aytilishicha: “Kelajak uni tasavvur qila oladigan, loyihalashtirgan va hayotga tadbiq eta oladiganlarnikidir. Bu siz kutgan narsa emas, balki siz yaratgan narsadir."