Londonga aviaqatnov qayta tiklandi

Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi Toshkent - London yo'nalishida muntazam qatnovlarni davom ettiradi.

Aviatashuvchi xabar berishicha, Toshkent - London reyslari haftasiga 2 marta – seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Toshkentdan Londonga aviachipta narxi 3 295 669 so'm, Toshkent – London – Toshkent yo'nalishlari bo'yicha esa 7 341 157 so'm bo'ladi.