Sakkiz million avstraliyalik chiroqlarni o'chirishga chaqirildi?!

Avstraliya energetika vaziri Yangi Janubiy Uelsdagi uy xo'jaliklarini - mamlakatning eng yirik shahri Sidneyni o'z ichiga olgan shtatni - energiya inqirozi sharoitida chiroqlarini o'chirishga chaqirdi. Kris Bouenning aytishicha, fuqarolar "iloji bo'lsa" har oqshom ikki soat elektr energiyasidan foydalanmasliklari lozim.

Shu bilan birga, Vazir elektr energiyasini o'chmasligiga "ishonchi komil" ekanligini qo'shimcha qildi.

Bu vaziyat Avstraliyaning asosiy ulgurji elektr bozori narxlarning oshishi sababli to'xtatilganidan keyin vujudga keldi.

Janob Bouen Yangi Janubiy Uelsda yashovchi odamlardan imkon qadar ko'proq energiya tejashni so'radi.

"Agar sizda ba'zi narsalarni qachon ishlatishni tanlash imkoniyati bo'lsa, ularni kechki 6 dan 8 gacha ishga tushirmang", dedi u Kanberradagi televideniye konferensiyasida.

P.S: Avstraliya dunyodagi eng yirik ko'mir va suyultirilgan gaz eksportchilaridan biri. Ammo o'tgan oydan beri energiya inqirozi bilan kurashib kelmoqda. Mamlakat elektr energiyasining to‘rtdan uch qismi hamon ko‘mirdan ishlab chiqarilmoqda. U uzoq vaqtdan beri qayta tiklanadigan energiya manbalariga sarmoya kiritish orqali emissiyalarni kamaytirish uchun yetarli chora ko’rmaganlikda ayblangan.