Sony va Honda birgalikda elektromobillar ishlab chiqaradi

Yaponiyaning biznesdagi ikki yirik kompaniyalari birlashmoqda.

Sony (SNE) va Honda (HMC) juma kuni (4 – mart) elektr transport vositalarini ishlab chiqarish va sotish bo'yicha qo'shma korxona ochishni rejalashtirayotganliklarini e'lon qilishdi. Kompaniya shu yil oxirida tashkil etilib, yetkazib berish jarayonlari 2025 - yildan boshlanishi ko’zda tutilmoqda.

Shartnomalar tafsilotlari ishlab chiqilmoqda va so’ngra tartibga soluvchi tasdiqdan o'tishi kerak, deyiladi ikki firma qo'shma bayonotida.

“Yangi kompaniya elektromobillarni loyihalashtirish, ishlab chiqish va sotishi kutilmoqda, lekin ishlab chiqarish obyektlariga egalik qilmaydi va ularni boshqarmaydi”, deya qo‘shimcha qildi ikki kompaniya vakillari. Ishlab chiqarish Honda zavodlaridan birida olib boriladi.

Sony kompaniyasi esa mobillik xizmatlarini taqdim etuvchi platforma yaratish vazifasini oladi.