Xitoyda anomal issiqlik kuzatilmoqda

Sinoptiklarning maʼlumotlariga koʼra, 27-iyul, chorshanba kuni Xitoy janubi va Xitoyning Sinszyan-Uygʼur avtonom viloyatining aksariyat hududlarida havo harorati Selsiy boʼyicha 35 darajadan oshgan.
Qayd etishicha, Chjetszyan, Szyansi, Xunan provintsiyalarida, shuningdek, Sinszyan-Uygʼur avtonom viloyatida termometr Selsiy boʼyicha 40 darajadan oshishi mumkin. Mamlakatda jazirama kamida yetti kun davom etishi kutilmoqda.
25-iyul, dushanba kuni Guanchjou shahrida (Guandun viloyati, Janubiy Xitoy) havo harorati 42,4 darajagacha yetgan. Shu munosabat bilan Xitoy megapolisda harorat tahdidining eng yuqori, qizil darajasi joriy etildi.
Mahalliy sinoptiklarning prognozlariga koʼra, Guanchjoudagi jazirama issiqlik 31-iyulgacha davom etadi, shu tariqa issiqlikning davomiyligi 23 kunni tashkil etadi, bu 1951-yildan buyon yuqori haroratning eng uzoq davri boʼladi. Xitoylik sinoptiklar kutilayotgan jazirama tufayli Xitoyning ushbu hududlari aholisiga jismoniy faollikni va tashqarida kamroq vaqt oʼtkazishni tavsiya qildi.






