Yangi MacBook Airning narxi qancha?

Apple dushanba kuni ba'zi texnologik yangiliklarni ham mijozlar e’tiboriga havola qildi. Ular orasida yangi MacBook Air va M2 chipi mavjud.

Apple o'zining yangi M2 ichki protsessoriga asoslangan yanada nozikroq, yengilroq va tezroq ishlovchi MacBook Airni ommaga taqdim etdi.

13,6 dyumli MacBook Air oldingi versiyasiga qaraganda 25% yorqinroq. MagSafe zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi va ikki baravar yuqori piksellar soniga ega rivojlangan old kameraga ega. 8 yadroli protsessor bilan Apple M2 chipi esa M1 chipiga qaraganda 18% ga yaxshiroq ishlaydi.

Shuningdek, 10 yadroli GPUga ega protsessor M1dan ikki baravar, ya’ni 25%ga yaxshiroq grafik imkoniyatga ega. Yangi 13 dyumli MacBook Pro ham M2 bilan jihozlanishi kutilmoqda.

MacBook Airning narxi 1 099 dollardan, MacBook Proniki esa 1 299 dollardan boshlanadi, deya ta’kidlamoqda kompaniya.