Yelizaveta II taxtga eng ko'p egalik qilgan ikkinchi monarxga aylandi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizavetta II jahon tarixidagi eng uzoq xizmat qilgan ikkinchi monarxga aylandi.

BBC va boshqa Britaniya OAVlari dushanba holatiga ko‘ra, qirolicha taxtga o’tirganiga 70 yilu 127 kun bo’lgan. U 2016-yilda vafot etgan Tailand qiroli Phumibol Adulyadetni ortda qoldirib ikkinchi o’ringa chiqib oldi.

Qirolicha endilikda 1643-1715-yillarda 72 yilu 110 kun hukmronlik qilgan Fransiyaning 14-qiroli Luidan keyin ikkinchi o‘rinda bo’lib turibdi.

Yelizavetta 1952-yilda otasining vafotidan so‘ng, 25 yoshida monarx bo‘lishga erishdi. 2015-yilda qirolicha Viktoriyadan ham o’zib, eng uzoq hukmronlik qilgan Britaniya monarxiga aylandi.

Qirollik oilasi taxtdagi 70 yillikni nishonlash uchun ushbu oyda bir qator Platinum Yubiley tadbirlarini o’tkazdi.

96 yoshli qirolichaning ba'zi rasmiy vazifalarini bajarmayotgani, shuningdek, hassadan foydalanishi uning sog'lig'i bilan bog'liq xavotirlarni tobora kuchaytirmoqda.