Makron va Le Pen Fransiyadagi prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida

Fransiyadagi prezidentlik saylovlarida Emmanuel Makron 27,41 foiz ovoz bilan g‘alaba qozonmoqda. Uning asosiy raqibi, “Milliy birlik” partiyasi yetakchisi Marin Le Pen 24,03 foiz ovoz to‘plamoqda.

Shu tariqa, ular 24-aprel kuni bo'lib o'tadigan ikkinchi bosqichga yo'l olishdi.

Saylovda jami 12 nafar nomzod ishtirok etdi. Eng katta natijaga Makron va Le Pendan tashqari jurnalist, Yevroparlamentning sobiq deputati, Fransiya parlamentining “Bo‘ysundirilmagan Fransiya” partiyasidan a’zosi Jan-Lyuk Melanshon erishdi. U 21 foizga yaqin ovozlarni qo‘lga kiritdi.

2017-yilgi avvalgi saylovlarda ham Makron va Le Pen asosiy raqib bo‘lgan edi. Unda Makron birinchi turda 24 foiz, Le Pen 21 foizdan ko‘proq ovoz to‘plagan. Ikkinchi turda Makronni 66 foiz saylovchilar qo‘llab-quvvatlagan, uning raqibi esa 34 foizdan sal kamroq ovoz olgan edi.