Bektemir Meliqo‘ziyev faoliyatidagi yagona magʻlubiyat uchun Rosadodan “oʻch oldi”

Kecha, 23-aprel kuni AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o‘tgan professional boks kechasida oʻzbekistonlik Bektemir Meliqoʻziyev oʻzidan 10 yosh katta boʻlgan meksikalik Gabriel Rasodaga qarshi jangga chiqdi va faoliyatidagi yagona mag‘lubiyat uchun revansh oldi.

Professional boksning super oʻrta vazn tofasi vakillari toʻliq 10 raund jang qildi. O‘ninchi raundda Meliqo‘ziyev raqibiga imkon qoldirmadi va hakamlar bir ovozdan o‘zbekistonlik bokschining g‘alabasini qayd etdi — 99-91, 99-91, 99-91.