O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli maksimal darajada ortdi

Oʻzbekistonda 22-iyul kuni oʻrtacha kunlik elektr energiyasi isteʼmoli 237 million kVt/soatga yetdi, deya xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, 2021/2022-yillar kuz-qish mavsumida Toshkent shahrida kunlik maksimal isteʼmol 24 million kVt/soatni tashkil qilgan boʻlsa, joriy yilning 22-iyulida bu koʻrsatkich 27,5 million kilovatt/soatni tashkil etgan, yaʼni 15 foizga ortgan.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, shuningdek, butun elektr ta’minoti tizimining sog‘lom bo‘lishi va keng ko‘lamli favqulodda vaziyatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan uning ortiqcha yuklanishining oldini olish ushbu issiq kunlarda elektr energiyasini iste’mol qilishga tejamkor munosabatda bo‘lishga bog‘liqligini eslatib o‘tdi.






