1-oktyabrdan nima o‘zgaradi: soliq, foyda stavkasi va boshqalar

O‘zbekiston qonunchiligida tegishli qonun va qarorlar asosida 1 oktyabrdan boshlab qanday o‘zgarishlar bo‘lishi ma'lum qilindi.

Unga ko‘ra, ayrim ishlab chiqariladigan alkogol va tamaki mahsulotlari turlariga soliq stavkalari oshiriladi. Sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘ining stavkasi 20 dan 15 foizgacha pasaytiriladi.

Ta'kidlanishicha, eksport qilinadigan tovarlar ishlab chiqaruvchisi O‘zbekistondagi bank hisob varag'iga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qat'i nazar, kiruvchi qo'shimcha qiymat solig‘ini hisobga olishi mumkin.

Shuningdek, soliq tizimida quyidagilar bekor qilinadi:

-qat'iy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i to'lovchisi bo'lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq organlariga soliq hisobotini topshirish majburiyati;

-alohida tayyor import iste'mol tovarlarining bojxona deklarasiyasi rasmiylashtirilgan sanadan keyin 12 oy o'tgach, sotuvga qo'yilishi hamda chakana savdoda realizasiya qilinishiga qo'yilgan taqiq;

-davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining bir qator nazorat funksiyalari.

Ma'lum bo'lishicha, davlat byudjeti mablag'lari hisobidan quyidagi to'lovlar amalga oshiriladi:

-sudlar, sudyalar oliy kengashi sudyalari, Oliy sud huzuridagi sudlar faoliyatini ta'minlash departamenti va uning hududiy bo'limlari xodimlarining ko'p yillik xizmatlari uchun ustamalar;

-Oliy sud, sudyalar oliy kengashi sudyalari va apparati xodimlari, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta'minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining malaka darajasi va mansab darajasi uchun qo'shimcha haq.