Bugun O'zbekistonda 5 ballik magnit bo'roni kuzatilishi prognoz qilinmoqda

O‘tgan hafta quyoshda 24 ta kuchli chaqnash kuzatildi. Bunda 2 ta o‘ta aktiv zona rivojlangan. Quyosh sirtidagi mazkur chaqnashlar Yerda magnit bo‘roni xavflilik darajasini oshirishi tabiiy.

O'zgidrometning xabariga ko'ra bugungi magnit bo'roni G3 darajada kuzatiladi. Bu butun O'zbekiston bo'ylab tush paytiga to'g'ri keladi.