10 dekabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Madhiya — milliy g‘ururimiz, istiqlolimiz va istiqbolimiz timsoli. Mustaqillik va birdamligimiz ramzi. Uni tinglaganda ham, kuylaganda ham qalblarimizda Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ulari yanada jo‘sh uradi, shu yurtning farzandi ekanimizdan iftixor tuyamiz.

Bright Uzbekistan jamoasi xalqimizning mangu qo‘shig‘i — madhiyamiz yaralgan kun bilan yurtdoshlarimizni tabriklab qoladi va Vatanimizdan g‘ururlanishga, uni sevishga, mustaqilligimizni yanada mustahkamlashga chorlaydi.