Yurt kelajagi yoshlarning qo'lida

“Bright Uzbekistan” xalqaro paltformasi ijodiy jamoasi yurtimizning barcha navqiron avlod vakillari, kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarni 30 iyun — “Yoshlar kuni” bilan samimiy muborakbod etadi.

Aziz yoshlar, siz ona Vatanimiz, elu yurtimizning mustahkam ishonchi, porloq kelajagi, ertamizning umidisiz! Yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanayotgan yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, qat’iy pozitsiyaga ega yoshlar mamlakatning bugungi va ertangi taraqqiyotida tobora hal qiluvchi kuchga aylanib borayotganini har birimiz ko‘rib, guvohi bo‘lib turibmiz.

Shunday ekan, jamiyatimiz ravnaqining har bir jabhasida o‘z bilimingiz, zamonaviy tajribangiz bilan faol ishtirok etib, xalqimiz, Prezidentimiz ishonchini oqlashingizda zafarlar tilaymiz! Buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo‘lib, yangi O‘zbekistonimizning yangidan yangi marralarini zabt etishingizdan umidvormiz.

Bugungi bayram barchangizga muborak bo‘lsin!