100 yosh va undan oshganlarning pensiyasiga qo‘shimcha pul to‘lanadi

O‘zbekistonda pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga har oyda pensiyani hisoblashning bazaviy 100 foiz miqdorida har oyning 15-sanasiga qadar qo‘shimcha to‘lov qilinadi. Norma xabar berishicha, bu bo‘yicha tegishli nizom tasdiqlangan.

100 yosh va undan oshgan fuqarolarning nafaqasiga pensiyani hisoblashning bazaviy 100% miqdorida — 289 000 so‘m qo‘shimcha to‘lov qilinadi. 1 yanvar holatiga mamlakatda 570 nafar 100 yosh va undan oshgan shaxs istiqomat qiladi.

2015 yilning 1 mayidan keyin 100 yoshga to‘ladigan fuqarolarning pensiyasiga shaxs 100 yoshga to‘lgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab har oyda ariza taqdim etmasdan qo‘shib to‘lanadi.

Agarda pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori (amalda 289 000 so‘m) o‘zgaradigan bo‘lsa, qo‘shimcha pul ham unga mutanosib tarzda o‘zgaradi.