17-avgustdan 20-avgustga qadar poytaxtning Alisher Navoiy shoh ko‘chasida yo‘l qisman yopiladi

Navoiy shoh koʼchasida olib borilayotgan yoʼl qurilishi ishlari sababli, 17-avgust soat 08:00 dan 20-avgustga qadar ushbu koʼchaning Xadra maydoni Furqat koʼchasidan Chorsu maydoni, Beruniy va Samarqand darvoza koʼchalari bilan kesishmasigacha boʼlgan oraligʼi qisman yopiladi.