200 mingdan ortiq oʼzbekistonliklar dam olish uchun Turkiyaga safar qilgan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022 yilning 10 oyida 558,6 ming nafar Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari dam olish maqsadida xorijga chiqqan. Oʼzbekistonliklar hordiq chiqarish uchun eng koʼp safar qilgan davlatlar ro’yxatida Turkiya va BAA yetakchilik qilmoqda.
- Turkiya – 202,1 ming kishi;
- BАА – 87,9 ming kishi;
- Saudiya Аrabistoni – 49 ming kishi;
- Misr – 29,5 ming kishi;
- Quvayt – 9,6 ming kishi;
- Janubiy Koreya – 9,4 ming kishi;
- АQSh – 8,4 ming kishi;
- Gruziya – 6,7 ming kishi;
- Hindiston – 4,9 ming kishi;
- Germaniya – 3,5 ming kishi.






