2000ta ish o‘rni yaratishni ko‘zda tutgan yirik klasterda qurilish jarayonlari davom etmoqda

Surxondaryo viloyati Denov shahridagi investitsion loyihalarni o‘z ichiga olgan ishlab chiqarish va savdo markazi qurilishi tez orada yakunlanadi.

Majmuada amalga oshirilayotgan ishlarni Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish ko‘mitasi raisi Bahrom Sharipov mutazam nazorat qilib bormoqda. Ob’ektlar zamonaviy, shinam va eng so‘ngi texnologiyalar bilan jihozlanadi. Kutilayotgan natija esa - hudud aholisini doimiy ish bilan ta’minlash va jahon bozoriga raqobatbardosh o‘zbek mahsulotlarini eksport qilishdir.