2021-yilda aniqlangan 7,7 million huquqbuzarlikdan 46 foizi qoʼpol qoidabuzarliklar hisoblanadi

Yigʼilishda sohadagi ayanchli holat statistik maʼlumotlar asosida tanqidiy tahlil qilindi.
Tahlillar koʼrsatishicha, avariyalarning:
45 foizi haydovchilarning qoidalarni mensimasligi;
10 foizi haydovchilarning tajribasizligi;
25 foizi yoʼl holati va infratuzilmasi talabga javob bermasligi;
20 foizi piyodalarning qoidalarga amal qilmasligi oqibatida sodir boʼlmoqda.
“Yuqoridagi muammolarning barchasi ham ijtimoiy, ham iqtisodiy, ham xavfsizlik masalalariga bevosita bogʼliq. Shu bois, 2022-yilda barcha hududlarda “Xavfsiz yoʼl va xavfsiz piyoda” umummilliy dasturini amalga oshiramiz”, dedi Prezident.
Misol uchun, 2021-yilda aniqlangan 7,7 million huquqbuzarlikdan 46 foizi qoʼpol qoidabuzarliklar hisoblanadi:
mast holda boshqarish Samarqand (12 mingta), Toshkent viloyati (8,5 ming), Fargʼona (7,5 ming) va Toshkent shahrida (7 ming);
qizil chiroqda oʼtish Toshkent viloyati (62 ming), Samarqand (51 ming) va Toshkent shahrida (47 ming) ancha yuqori.






