2021 yilda tasdiqlangan xududiy investitsiya dasturlari doirasida yaratiladigan yangi ish o‘rinlari

2021 yilda hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ularda 200,0 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish topshirig‘i belgilandi.

Natijada, joriy yilning dastlabki 8 oyi mobaynida qiymati 14,8 trln.so‘mlik 2 898 ta loyihalarda 37,0 mingta ish o‘rinlari o‘rniga, amalda qiymati 29,6 trln.so‘mlik 7 471 ta loyihalarda 84,1 mingta ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi. Xususan:
- muddatidan oldin ishga tushirilgan – 2 541 ta loyihalarda 34,8 mingta ish o‘rinlari; 
- qo‘shimcha (rezerv) loyihalar – 2 119 ta loyihalarda 16,8 mingta ish o‘rinlari yaratilgan.

Tarmoqlar kesimida:
- Tekstil va to‘qimachilik sanoatida - 325 ta loyihada 16,7 mingta ish o‘rni;
- Qurilish materiallari sanoatida – 621 ta loyihada 7,1 mingta ish o‘rni;
- Oziq-ovqat sanoatida – 464 ta loyihada 4,7 mingta ish o‘rni;
- Mebel va qog‘oz sanoatida – 199 ta loyihada 1,9 mingta ish o‘rni;
- Kimyo sanoatida – 103 ta loyihada 1,9 mingta ish o‘rni;
- Elektrotexnika sanoatida – 28 ta loyihada 806 ta ish o‘rni;
- Charm-poyabzal sanoatida – 43 ta loyihada 1 128 ta ish o‘rni; 
- Farmatsevtika sanoatida – 27 ta loyihada 518 ta ish o‘rni;
- Boshqa sanoat tarmoqlarida – 170 ta loyihada 3,1 mingta ish o‘rni;
- Xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida – 3 181 ta loyihada 28,2 mingta ish o‘rin;
- Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida – 2 310 ta loyihada 18,1 mingta ish o‘rinlari yaratildi.