2022-yil yakunida Spark va Nexia avtomobillarini ishlab chiqarish to‘xtatiladi

Qayd etilishicha, 2022-yil yakunida Spark va Nexia avtomobillarini ishlab chiqarish to‘xtatiladi. Ularning o'rniga esa, Tracker va Onix avtomobilini ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
“UzAuto Motors” AJ joriy yilning birinchi 6 oyligida 160 ming dona avtomobil ishlab chiqardi. Kompaiya ishlab chiqarish liniyalarini bosqichma-bosqich yangi avtomobil modellariga o'tkazmoqda.
Ma'lum bo'lishicha, Chevrolet Tracker va Onix bilan bir qatorda Chevrolet avtomobillarining zamonaviy modellari bilan kengaytirish va ishlab chiqarilayotganlarini yangilash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 2023-yilda esa Chevrolet Onix avtomobilini ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Shuningdek, 2022-yil yakunida Chevrolet Spark va Nexia avtomobillarini ishlab chiqarish to‘xtatiladi. Qolgan butlovchi qismlar yil davomida ushbu avtomobil modellarining turli konfiguratsiyalardagi so’nggi partiyalarini cheklangan miqdorda ishlab chiqarishni davom ettiradi. Bugun, 20-avgustdan boshlab, ushbu Chevrolet Spark va Nexia avtomobillari sotuvga chiqariladi.






