2022-yilning eng yaxshi kompyuter o‘yinlari nomi e’lon qilindi

Steam kompyuter oʻyinlarining raqamli nusxalarini tarqatish xizmati 2022-yilning eng yaxshi loyihalari roʻyxatini eʼlon qildi. Platforma o’yinlarni daromad bo'yicha yilning eng yaxshi o'yinlari, daromad bo'yicha eng yaxshi VR o'yinlar, kunlik faol o'yinchilar soni bo'yicha Steam Deck uchun eng yaxshi o'yinlar kabi bir qancha toifalarga ajratgan.
Har bir toifaga 12 ta loyiha kiritilgan. Kompaniya moliyaviy ko'rsatkichlari bo'yicha aniq raqamlarni oshkor qilmaslik uchun o'yinlarni tasodifiy tartibda joylashtirgan.
Birinchi toifaga Elden Ring, PUBG: Battlegrounds, Apex Legends, Naraka: Bladepoint, Dying Light 2 Stay Human, Call of Duty: Modern Warfare II, Counter-Strike: Global Offensive, Dota 2, Yu-Gi-Oh! Master duel kabi o’yinlar kiritilgan.
Eng yaxshi VR o'yinlari orasida Blade and Sorcery, Half-Life: Alyx, VTOL VR, BONEWORKS, After the Fall, SUPERHOT VR, Into the Radius VR, BONELAB, Zenith: The Last City, The Elder Scrolls V: Skyrim VR qayd etilgan.






