381 nafar sportchimiz xalqaro musobaqalarda sovrinli oʼrinlarda

“Bu yil 381 nafar sportchimiz Jahon va Osiyo musobaqalarida, 43 nafar iqtidorli va bilimdon yoshlarimiz nufuzli xalqaro fan olimpiadalari hamda tanlovlarida sovrinli oʼrinlarni qoʼlga kiritdi”,- Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek:

oxirgi olti yilda mamlakatimiz boʼyicha qariyb 300 mingta yoki avvalgi yillarga nisbatan 10 barobar koʼp uy-joylar qurildi;
bu davrda qoʼshimcha 500 ming oʼquvchi oʼrni yaratilib, ularning jami soni 5 million 300 mingga yetdi. Hozirgi vaqtda yana 1 million 200 ming oʼquvchi oʼrni yaratish boʼyicha ishlar jadal davom ettirilmoqda.
"Nuroniy otaxon va onaxonlarimiz oila davrasida, Haj va Umra ziyoratlarida shukronalik duolarini qilayotgani, bizga kuch va gʼayrat bagʼishlamoqda", - dedi Prezident.