434 ta mahallada ichki yoʼllar taʼmirlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarni obod qilish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʼilishi bo’lib o’tmoqda.
Yig’ilish avvalida boshlangan islohotlar, amalga oshirilayotgan loyihalarning barchasi inson qadrini taʼminlash orqali aholini rozi qilishga qaratilgani yana bir bor taʼkidlandi.
Joriy yilgi dasturlar doirasida 4 100 ta mahallani obod qilish, bogʼcha, maktab, sogʼliqni saqlash, suv, elektr, kanalizatsiya bilan bogʼliq muammolarini hal qilishga budjetdan qariyb 29 trillion soʼm mablagʼ ajratilgani koʼrsatib oʼtildi. Buning natijasida:
434 ta mahallada ichki yoʼllar taʼmirlandi;
672 ta mahallaga ichimlik suvi tarmogʼi tortilgani hisobiga, 1,5 million aholi ilk bora toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi;
joriy yilda 2 mingdan ortiq mahallaga xizmat qiladigan 34 ta yangi maktab ishga tushirildi, 338 tasi rekonstruksiya qilinib, 360 tasi taʼmirlandi. Bularning hisobiga 78 mingta yangi oʼquvchi oʼrinlari yaratildi;
joylarda 580 ta transformator, 20 ming kilometr tarmoqlar yangilanib, 413 ta mahalladagi 1,5 million nafar aholining elektr taʼminoti yaxshilandi.






