6-sentabr – Butunjahon kurash kuni

Bugun oʻzbek milliy kurashi butun dunyo boʻylab oʻz bayramini nishonlamoqda. Bir necha yildan buyon ushbu sana norasmiy bayram sifatida nishonlab kelingan boʻlsa, 2017-yilga kelib “6-sentabr – kurash milliy sport turi kuni” sifatida rasman tan olindi va bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni imzolandi.

Bugungi kunda dunyoning 130 dan ortiq mamlakatida Milliy federatsiyalar tashkil qilingan. Oʻz navbatida, milliy sportimiz tobora yirik kompleks musobaqalar dasturidan muhim oʻrin olmoqda. Jumladan, 2017-yil Turkmanistonda oʻtgan Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari, 2018-yil Indoneziyada oʻtgan Osiyo oʻyinlari, 2022-yil “Osiyo bolalari” xalqaro sport musobaqasida mazkur sport turi boʻyicha bahslar oʻtkazildi.