Abdulaziz Kamilov va BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasi raisi Orolbo‘yi mintaqasini qutqarish istiqbollarini muhokama qildilar

2021-yilning 6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi raisi Volkan Bozkir bilan uchrashdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston bilan BMT va uning ixtisoslashgan tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati to‘g‘risida fikr almashildi.
Xususan, tomonlar Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan «Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasini bir ovozdan qabul qilinganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Shu nuqtai nazardan,
Shuni ta'kidlash joizki, Volkan Bozkir Orol dengizining qurishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha birgalikdagi harakatlarni kuchaytirish zarurligi qayd etdi.






