Abdulaziz Komilov AQShga joʻnaydi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 27-iyun kuni amaliy tashrif doirasida AQShga jo‘nab ketadi, deb yozadi ria.ru.

27-iyundan to 4-iyul kunlari davom etadigan amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQSh vazirlik va idoralarida uchrashuvlar oʻtkazadi. Ikki mamlakat amaldorlari o'rtasidagi muzokaralar mavzusi aniqlanmagan.

Eslatib o'tamiz, 9 kun oldin Abdulaziz Komilov AQShning O'zbekistondagi elchisi bilan uchrashgan edi. Suhbat davomida ko'p qirrali o'zbek-amerika hamkorligini yanada rivojlantirishning amaliy jihatlari ko'rib chiqildi.