Abu-Dabidan Samarqandga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

WizzAir Abu Dhabi aviakompaniyasi xabariga ko‘ra, 2022-yilning 13-dekabridan boshlab WizzAir Abu Dhabi aviakompaniyasi Abu-Dabidan Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi.
Ma’lum qilinishicha, parvozlar haftada ikki marta — seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Uchish jadvali mahalliy vaqt bilan Abu-Dabidan 6:30 da uchib, Samarqandga 10:45 da qo‘nadi. Shuningdek, Samarqanddan 11:20 da uchib, Abu-Dabiga 13:55 da qo‘nadi.
Chiptalar narxi 149 dirham (40 dollar)dan boshlanadi. Kompaniya veb-saytida dastlabki reyslarning narxi 90 dollardan boshlanashi ko‘rsatilgan.
P.S. Qayd etilishicha, qatnovlar yaqinda kompaniya tomonidan sotib olingan Airbus A321neo samolyoti orqali amalga oshiriladi.






