Adliya vazirligining yarim yillik faoliyati qanday natijalarni ko‘rsatmoqda?

Mamlakatimizda yagona davlat huquqiy siyosatini yuritish, huquq ijodkorligi faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini oshirish sohasida Adliya vazirligi tomonidan qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, 2021 yilda 1374 ta qonun hujjatlari loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, shundan 530 ta loyihalar e’tirozlar mavjudligi hamda belgilangan tartibga rioya qilinmaganligi sababli qaytarildi.
Shuningdek, hisobot davrida 129 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lsa, yuqori turuvchi qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmaganligi sababli 134 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etildi.
Bundan tashqari, vazirlik va idoralarning 38 ta yuqori yuridik kuchga ega qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirilmagan idoraviy normativ-huquqiy hujjati bekor qilindi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan 4 343 ta normativ-huquqiy hujjatlari bekor qilindi.






