Adolat siyosiy partiyasi O‘zbekistonda TikTokni bloklashni talab qildi

 
O‘tgan yili “Milliy tiklanish” partiyasi ushbu taklifni bergan bo’lsa, bu yili xuddi shu mavzuni “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi olib chiqmoqda.
 
Partiya yoshlarning o‘zgalar hayotiga bo’lgan tajovuzkor videoroliklari ko’payib borayotganligi sababli bu masalaga chuqurroq yondashish vaqti keldi deb hisoblamoqda.
 
Partiya a’zolarining fikricha, ushbu platforma milliy qadriyatlarga putur yetkazadi va yoshlarda yomon odatlarni rivojlantiradi.
 
Eslatib o‘tamiz, OAV fondi raisi Komil Allamjonov TikTokni foydali resursga aylantirish kerakligini, chunki blokirovka qilishdan foyda yo‘qligini ta’kidlab o’tgan edi.