“Aeroflot” Sankt-Peterburgdan Toshkent va Samarqandga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

Uzbekistan airports matbuot xizmati xabariga ko’ra, Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi Sankt-Peterburg — Toshkent va Sankt-Peterburg — Samarqand yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshiradi.

Sankt-Peterburgdan Toshkentga birinchi yo‘lovchi reysi 17-dekabrga belgilanadi. Parvozlar Boeing 738 samolyotlarida haftasiga uch marta — chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Sankt-Peterburgdan Samarqandga reyslar ham haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari Boeing 738 samolyotlarida yo‘lga qo‘yiladi. Birinchi parvoz 16-dekabr kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgandi. Ammo reys 20-dekabrga ko‘chirildi.

P.S. “Aeroflot” shtab-kvartirasi Moskvada joylashgan Rossiyaning davlat-xususiy aviakompaniyasidir. Kompaniya guruhiga, shuningdek, “Rossiya” aviakompaniyasi va “Pobeda” loukoster aviakompaniyalari kiradi.